2021 yilning 06 may kuni soat 20:30 larda 32 yoshli M.Salim, 38 yoshli X.Zafar va 39 yoshli X.Sohiblar Karmana tumanida joylashgan “Sazanchik” restoranida spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirib, ularga xizmat ko`rsatayotgan ofisiant 26 yoshli H.Qosimjonning xizmati yoqmayotganligini vaj qilib, uni hech bir sababsiz haqorat qilib, do`pposlab, janjal vaqtida M.Salim uning qorin sohasiga pichoq sanchib olgan. Natijada H.Qosimjon shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.Salim, X.Zafar va X.Sohiblarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.