O`zMTRKning “Sport” telekanali 2 mart kuni e`lon qilgan ob-havo ma`lumotlarida xatoga yo`l qo`ygani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “My Little Tashkent” guruhiga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Unda 3 mart kuni Toshkent viloyatida harorat +221 daraja issiq bo`lishi yozilgan. Toshkent shahrida esa +22 daraja ko`rsatilgan. Anglash mumkinki, telekanal xodimlari bitta ortiqcha raqamni qo`shib yozib yuborishgan.