AsosiyJinoyat

Surxondaryoda tanishini pichoqlab qo`ygan shaxs uni shifoxonaga ham o`zi olib bordi

'Surxondaryoda tanishini pichoqlab qo`ygan shaxs uni shifoxonaga ham o`zi olib bordi'ning rasmi

2021 yil 10 may kuni soat taxminan 17:20 larda 35 yoshli D.Nuriddin “Qadimiy Angor” mahallasida yashovchi 43 yoshli M.Qulsoatlar Angor tumani “Sharq Guli” mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori yonidagi avtoturargohda o`zaro kelishmovchiliklar sababli janjallashib qolgan.

Yaqin qarindoshlari hamda atrofdagilarning aralashuvi bilan janjal to`xtatilib qolingan. Biroq janjal yakunida M.Qulsoat D.Nuriddin uning uyi tomonga ketayotganligini ko`rib, uning uyiga o`ch olish niyatida ketayotganligini faraz qilib, ukasining uyiga kirib oshxona pichog`i bilan D.Nuriddinning avtomashinasi ortidan quvlab, D.Nuriddin mashinadan tushib, uning yoniga kelgan vaqtida, uning biqin sohasiga bir marotaba sanchib, unga tan jarohat etkazib, so`ngra esa uni Angor tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, unga birinchi tibbiy yordamni ko`rsatgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida D.Nuriddinda o`ng biqin sohasidan sanchib kesib kirgan jarohat aniqlangan bo`lib, mazkur jarohatlar og`irlik darajasiga ko`ra, hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan M.Qulsoatga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni ishlatib qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.Qulsoat prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar