Ftiziatriya va Pediatriya markazlari barcha hududlarda o`z filiallarini tashkil etgani bois, poytaxtga keluvchi bemorlar soni so`nggi 2 yilda qariyb 20 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Neyroxirurgiya markaziga boshqa hududlardan murojaatlar kamaygan bo`lsa-da, filial tashkil etilmagan Xorazm viloyatidan qatnov 60 foizga ortgan. Bu ma`lumotlar Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.
“Jarrohlik amaliyotini talab etmaydigan yurak qon-tomir, oshqozon-ichak, nafas yo`llari, teri kasalliklariga diagnoz qo`yish, davolash va reabilitasiya jarayonlarini tumanlarda amalga oshirish mumkin. Ko`z mikroxirurgiyasi, yurak qon-tomirda stentlash, urologiya, travmatologiya, ko`krak va qorin bo`shlig`i yo`nalishlaridagi jarrohlik muolajalarini viloyat darajasida tashkil qilish uchun barcha sharoitlar etarli”, dedi davlat rahbari.
Buning uchun:
Travmatologiya markazi – Qoraqalpog`iston, Surxondaryo va Toshkent viloyatida protezlash;
Xirurgiya va Shoshilinch markazlar – Samarqand, Namangan va Xorazmda buyrak transplantasiyasi;
Kardiologiya markazi – Andijon, Navoiy va Qashqadaryoda yurak qon-tomirda stentlash va bolalar yurak jarrohligi;
Urologiya markazi – Qoraqalpog`iston, Jizzax va Farg`onada buyrakdan tosh olish muolajalarini yo`lga qo`yishi shartligi ta`kidlandi.
Sardorbek Rahmonqulov, “Darakchi” muxbiri
Mavzuga doir:
Prezident tibbiyot sohasidagi 70 foiz muammolarga echim haqida gapirdi
O`zbekistonda aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag` 3 baravarga oshiriladi
Prezident “Qishloq shifokori” dasturi sust olib borilayotganini tanqid qildi






