2021 yilning 22 aprel kuni G`isht-ko`prik bojxona posti yaqinida 25 yoshli A.Umidjon va 30 yoshli P.Iskandarlar o`rtasida Qozog`iston Respublikasiga kirib chiquvchi fuqarolar uchun PSM testidan o`tkazishga navbat talashishlari natijasida janjal kelib chiqqan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, janjaldan g`azablangan P.Iskandar 24 yoshli U.Madiyar, Yu.Mirsodiq va boshqalar bilan shu kuni soat 18:40larda A.Umidjonni Chimkent yo`li ko`chasida joylashgan 29-sonli MTM oldiga chaqirib, sheriklari bilan bir guruh bo`lib A.Umidjon, X.Sardorlarni urib-do`pposlagan. Ularning bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo`lgan o`zga fuqarolarga faol qarshilik ko`rsatgan.
Natijada 24 aprel kuni soat 14:30 larda X.Sardor o`zining qarindoshlari bilan bir guruh bo`lib, 22 aprel kunidagi janjal uchun Yu.Mirsodiqdan qasd olish maqsadida, uni Guliston hududi G`isht-ko`prik mahallasi hududida tanasining turli qismlariga “bita” tayog`i bilan jarohat etkazib, ularning bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko`rgan fuqarolarga faol qarshilik ko`rsatganlar.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ular prosessual tartibda ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.