Avvalroq, Qibrayda 9 gektarlik pishib turgan qulupnay maydoni buldozerda vayron qilingani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat bo`yicha, Qibray tumani hokimligi munosabat bilan chiqdi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu videolavhada ko`rsatilgan er maydoni "Chinkeldi" MFY Yangiobod qishlog`i M.Bexbudiy ko`chasida joylashgan "Saidvali hoji" fermer xo`jaligiga tegishli bo`lib, jami 20,9 gektarlik maydonning 8 gektariga (videoda 9 gektar deyilgan) qulupnay ekilgan.
️"Saidvali hoji" fermer xo`jaligi er maydonlaridan ekin ekib foydalanish uchun dehqonlar bilan o`zaro og`zaki ( hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan) kelishuvga asosan ikkilamchi ijaraga berilgan.
Fermer xo`jaligining er maydonlari davlat ehtiyojlari uchun olinganligi (oldindan ogohlantirish xatlari berilgan) munosabati bilan fermer xo`jaligiga etkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Ushbu mablag`lar fermer xo`jaligi hisob raqamiga o`tkazilgandan so`ng, fermer xo`jaligi bilan ikkilamchi ijarada foydalanib kelgan dehqonlarga keltirilgan zararni qoplash "Saidvali hoji" fermer xo`jaligi tomonidan amalga oshirilishi bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
️Keltirilgan zararni qoplash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo`shimcha axborot beriladi.