AsosiyJinoyat

Sirdaryoda jinoyat ishida engillik yaratib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

'Sirdaryoda jinoyat ishida engillik yaratib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 17 may kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi boshlig`i kapitan T.Q Sirdaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi. U o`z bildirgisida 2021 yil 28 aprel kuni fuqaro S.B ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atib, dastlabki tergov harakatlarini o`tkazishga kirishganligini, ayblanuvchi S.B ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Shundan so`ng, ayblanuvchining otasi I.J oldiga kelib, o`g`li S.B ga engillik qilib berishini so`rab, uch-to`rt marotaba turli miqdordagi pullarni pora tariqasida taklif qilganligini, fuqaro I.J ga kapitan T.Q uning bu harakatlari qonunga xilof ekanligini, pora berish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligini bir necha marotaba tushuntirganligini, shu bilan ushbu fuqaro pora taklif qilmaganligini, shundan so`ng, 2021 yil 17 may kuni kapitan T.Qning oldiga o`zini “Bo`riboy” deb tanishtirgan shaxs kelib, ayblanuvchi B.S ni “ruhiy nosog`lom” deb topishda yordam berishini so`rab, evaziga 1.000 (bir ming) AQSh dollari miqdordagi pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligini, kapitan T.Q Bo`riboy” ismli shaxsga pora olish, pora berish va pora olish berishda vositachilik qilish jinoyat ekanligini, ushbu harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligini tushuntirganligini, “Bo`riboy” ismli shaxsni bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, pora berishni taklif qilishda davom etib kelayotganligini, shu sababli ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur bildirgiga asosan, 2021 yil 18 may kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Sirdaryo viloyati bo`yicha bo`limi, Departamentning Sirdaryo viloyati Boshqarmasi hamda Boyovut tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Boyovut tumani Ijodkor maxallasi hududida joylashgan Boyovut tumani “Madaniyat” bo`limi ro`parasida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, kapitan T.Q ning boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini salonida, xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, fuqaro B.B qarindoshi ayblanuvchi B.S ni “ruhiy nosog`lom” deb topib, engillik yaratib berishi evaziga 1.000 (bir ming) AQSh dollari miqdordagi pulni pora tariqasida kapitan T.Qga bergan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Oqoltin tumani bo`limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, gumonlanuvchi B.Bga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar