AsosiyJamiyat

Chiroqchida Neksiyaga o`rnatilgan gaz balloni yorildi. Natijada 2 fuqaro voqea joyida vafot etdi

'Chiroqchida Neksiyaga o`rnatilgan gaz balloni yorildi. Natijada 2 fuqaro voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 22 may kuni soat 6:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Navoiy” MFY hududidan o`tuvchi 4P-84 “Yakkabog`-Chiroqchi” avtomobil yo`lining 29 km.da harakatlanib ketayotgan, “NEXIA” rusumli avtomobilida o`rnatilgan gaz-balloni yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV Axborot xizmati ma`lum qildi.

Buning oqibatida, avtomobil ichida bo`lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar