Namangan davlat universiteti o`qituvchisida COVID-19 kasalligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida universitetda o`quv jarayonlari 2021-yil 22-maydan 6-iyunga qadar masofaviy shaklda tashkil etilishi belgilangan.
“Universitetda o`quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo`yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo`lib, dars jarayonlari Zoom videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o`tiladi”, — deyiladi universitet axborot xizmati xabarida.
Ayni vaqtda bemor shifokorlar nazorati ostiga olingan.