AsosiyJamiyat

Farg`onada "Vaz-2101" avtomobilining gaz balloni portladi

'Farg`onada "Vaz-2101" avtomobilining gaz balloni portladi'ning rasmi

️Joriy yilning 22 may kuni soat 19:20larda, Farg`ona viloyati, Quva tumani, Paxtakor MFYda joylashgan "Shaffof" nomli avtotransport vositalariga gaz quyish shaxobchasida, haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan T.A. boshqarib kelgan, gaz to`ldirilayotgan "Vaz-2101" rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

️Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida, yaqin atrofda turgan fuqarolar, 32 yoshli T.F. hamda 58 yoshli A.X.lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

️Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

️"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasiga o`rnatilgan gaz ballonning yaroqliligiga etiborli bo`lishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Boshqa yangiliklar