Ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida prezident Shavkat Mirziyoev respublikadagi yaroqsiz holatga kelib qolgan 2 qavatli uylar masalasiga ham to`xtalib o`tdi.
“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, respublikada:
- 14 mingta ko`p kvartirali uylarning foydalanish muddati o`tgan;
- qariyb 7 mingtasi ta`mirtalab;
- 668 tasi avariya holatida;
- 212 tasi yashashga yaroqsiz.
Joriy yilda 212 ta avariya holatidagi 2 qavatli uylarni renovasiya asosida yangidan qurishga mas`ullarga topshiriq berildi.
Ularning teng yarmi quyidagi hududlar xissasiga to`g`ri kelmoqda:
- Qoraqalpog`istonda – 106 ta;
- Buxoroda – 28 ta;
- Toshkent viloyatida – 25 ta;
- Toshkent shahrida – 23 tani tashkil etadi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilda Qoraqalpog`iston (20 ta), Andijon (4 ta), Buxoro (28 ta), Namangan (5 ta), Surxondaryo (4 ta), Toshkent viloyati (17 ta), Xorazm (3 ta), Farg`ona (1 ta) va Toshkent shahri (23 ta) hokimlari jami 105 ta yaroqsiz uylar o`rniga, tadbirkorlar tomonidan yangi ko`p qavatli uy-joylar qurib berish tashabbusini bildirganlar. Shu bilan birga, joriy yilda 66 ta uylar mahalliy byudjet hisobidan yoki tadbirkorlar bilan birga qurib beriladi.
Ushbu maqsadlarga, joriy yilda:
- moliya vazirligi tomonidan 100 milliard so`m;
- viloyat hokimlari tomonidan 60 milliard so`m ajratiladi.
Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi huzurida uylarni ta`mirlashni moliyalashtirish bo`yicha maxsus jamg`arma tashkil etiladi. Jamg`arma mablag`lari teng ulushlarda respublika va mahalliy byudjet hisobidan shakllantiriladi. Bunda, ko`p qavatli uylarni ta`mirlash xarajatlarining 30 foizi mulkdorlar tomonidan, qolgan 70 foizi esa, Jamg`arma mablag`laridan amalga oshiriladi. Ta`mirlash ishlari va sifat ustidan nazorat Uy-joy inspeksiyasiga yuklatiladi.
Mavzuga doir:
Jahongir Ortiqxo`jaev prezidentga yangi kompaniya tashkil qilish taklifini berdi






