AsosiyJinoyat

Andijon IIB ketmon bilan chopib o`ldirilgan ayol voqeasi bo`yicha tafsilotlarni ma`lum qildi

'Andijon IIB ketmon bilan chopib o`ldirilgan ayol voqeasi bo`yicha tafsilotlarni ma`lum qildi'ning rasmi

Sal avval xabar qilganimizdek, Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o`ldirganligi hodisasi o`rganilayotgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Shuningdek, marhumani uning kelini emas, qo`shni erkak o`ldirgani ma`lum bo`ldi.

Ayni paytda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan aniq ma`lumotlarni taqdim etdi.

Aniqlanishicha, 44-yoshli fuqaro E.M. (erkak) 2021 yil 14 aprel kuni soat 17:42 larda o`zi yashab kelayotgan Oltinko`l tumani “Markaz” MFY, Maorif ko`chasi oldida, mazkur xonadonda yashovchi 79 yoshli M.E. (ayol) bilan yuqorida ko`rsatilgan xonadonni devor bilan bo`lish masalasi yuzasidan o`zaro tortishib, E.M. (erkak) qo`lida bo`lgan ketmon bilan ayolning bosh qismiga urib, “og`ir” shikast etkazib, uning o`limiga sababchi bo`lgan.

Holat bo`yicha hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko`zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ko`zdan kechirish davomida, ishga aloqador bo`lgan ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Marhumaning olgan tan jarohatlari bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertiza, sud-biologiya, tibbiy-kriminalistika va kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra M.E.ning (ayol) bir qator tan jarohatlari mavjudligi aniqlanib, ushbu jarohatlar uning o`limiga sababchi bo`lganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 14 aprel aprel Oltinko`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro E.M. nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) jinoyat ishi qo`zg`atilib ushbu modda bilan ayblov qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Tergov harakatlari davomida ma`lum bo`lishicha videomurojaatda marhumaning kelini 44-yoshli M.E. ushbu jinoyat sodir etganligi aytib o`tilgan, biroq tergov harakatlari davomida ushbu fuqaro hodisa sodir bo`lgan vaqtda boshqa joyda bo`lganligi va ushbu holat qo`shimcha ravishda sinchiklab tekshirilishi hamda natijasiga ko`ra qonuniy baho berilishi ta`minlanadi.

Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar