AsosiyJamiyat

Beruniy tumanida yashash uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Beruniy tumanida yashash uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.E. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uning 3 nafar qarindoshining yashash uyi kadastr hujjatlarini tumandagi davlat arxivi va kadastr bo`limida ishlovchi tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 6,5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar