AsosiyJamiyat

Sirdaryoda erkak xolasi va uning o`g`lini vahshiylarcha o`ldirib, jasadlarini yoqib yubordi

'Sirdaryoda erkak xolasi va uning o`g`lini vahshiylarcha o`ldirib, jasadlarini yoqib yubordi'ning rasmi

Cirdaryoda 30 yoshli erkak o`z uyida yashab kelayotgan ikki nafar qarindoshini qasddan o`ldirib, jasadlarini yoqib yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur dahshatli qotillikka aloqador hodisa Boyovut tumani hududida sodir bo`lganligi aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan xabarga ko`ra, katta ehtimol bilan Boyovut tumani "T.Latipov" SIU hududida ("Sarmich" mahallasi bo`lishi mumkin) 30 yoshlardagi xolasining uyida yashovchi erkak (ismi bizga ma`lum) bugun 1-iyun kuni erta sahar bilan (aniq vaqti bizga ma`lum emas) xolasining o`g`li 30 yoshlardagi bo`lasi va 60 yoshlardagi xolasini vahshiylarcha o`ldirgan (so`yib tashlagan yoki chopib tashlagan) va jasadlarni molxonaga olib borib, yoqib yuborgan. 

Mazkur mahallada yashovchi fuqarolardan birining ma`lum qilishicha, (qotillikda gumonlanayotgan fuqaro uylangan va ajrashganligi aytilmoqda) qotillikda gumonlanayotgan fuqaroga uning qurboni bo`lgan xolasi o`zi yashab turgan uyidan joy bergan (qotillikda gumonlanayotgan fuqaro etimlikda o`sgan bo`lishi mumkin).

"Erta tong bilan "pojarny" xodimlari kelib, molxonadagi (qotillik sodir bo`lgan hovlidagi) yong`inni o`chirishdi. Keyin boshqalari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar) kelishib, hovlini o`rab olishdi. Shuning uchun molxona va hovlidagi yong`in suratlarini olishni imkoni bo`lmadi", — deydi mahalla fuqarolaridan biri.

Ma`lumot o`rnida, mazkur qotillik bilan bog`liq xabarlar yuzasidan hali rasmiy ma`lumot berilmadi.

Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar