AsosiyJinoyat

Marg`ilonda xonadondan 60.000.000 so`mni o`g`irlagan ayol fosh bo`ldi

'Marg`ilonda xonadondan 60.000.000 so`mni o`g`irlagan ayol fosh bo`ldi'ning rasmi

1 iyun kuni Marg`ilon shahrida  Do`stlik MFYda yashovchi Yu.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda  shu kuni noma`lum shaxs yashash xonadoni yotoqxonasidagi divan to`shagi tagida turgan 60.000.000 so`mni yashirin ravishda o`g`irlab ketganini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi  “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.A. ismli ayol  sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar