2019 yilning oktyabr oyida Q.D. tanishi T.N.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan anor meva mahsulotlarini 11.800.000 so`m evaziga sotib olishga kelishib, pullarini ikki oy muddatda berishni aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






