AsosiyJinoyat

Samarqandda mix yordamida sodir etilgan vahshiyona qotillik videosini tarqatgan yigit qamoqqa olindi

'Samarqandda mix yordamida sodir etilgan vahshiyona qotillik videosini tarqatgan yigit qamoqqa olindi'ning rasmi

Avvalroq, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida ko`lidagi mix orqali bir kishini o`ldirayotgan fuqaro tasviri aks etgan videolavha tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Shov-shuvlarga sabab bo`lgan ushbu video yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borishdi. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhani urgutlik Sh.S. tarqatgani ma`lum bo`ldi.



Bu ham etmagandek, fuqaro Sh.S. bilan bu kabi zo`ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan IIB xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan.

Fuqaro Sh.S. ga tegishli tartibda ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo`yicha Urgut tuman sudi tomonidan Sh.S. ga nisbatan 7 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha OAV xodimlari, blogerlar va fuqarolarning axborotni olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari mavjudligini eslatib o`tadi. Faqatgina bunday harakatlar qonun doirasida amalga oshirilishi lozim.

Eslatib o`tamiz, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bo`lib, zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan.

    Boshqa yangiliklar