Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o`zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga
10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






