AsosiyJinoyat

Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 148,7 mln so`m pulini qo`lga kiritgan firibgar aniqlandi

'Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 148,7 mln so`m pulini qo`lga kiritgan firibgar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan “S.Y.” xususiy korxonasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.N. xususiy korxona rahbari S.ning ishonchiga kirib, unga tibbiy buyumlarni olib berishini va`da qilib, korxonaning 331,7 mln so`m mablag`larini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, shundan 183 mln so`mni qaytarib, qolgan 148,7 mln so`mni qaytarmasdan o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar