“Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” Milliy media dasturida ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirishda yosh volontyorlar va tarjimonlarni tanlab olish maqsadida O`zbekiston Kinemtaografiya agentligi va O`zbekiston elektron ommmaviy axborot vositalari milliyy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan bir guruh talabalar bilan uchrashuv o`tkazildi.
O`zbekiston Davlat San`at va madaniyat instituti hamda O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi bosh direktori Jaloliddin Safoev, bosh direktor o`rinbosarlari Rajabbek Rajabov va Rustam Jabborov tomonidan suhbatdan o`tkazildi. Suhbat jarayonida da`vogarlarning tarix, madaniyat, jurnalistika, kino san`ati bo`yicha bilimlari, dunyoqarashi, axborot kommunikasiyalari va xorijiy tillardan xabardorligiga e`tibor qaratildi. Suhbatda 30 dan ortiq yigit-qiz qatnashdi.
Ushbu talablar bo`yicha yuqori natijalarga erishgan yigit-qizlar O`zEOAVMA faoliyati, xususan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media-loyihalarida ishtirok etishlari, yozgi ta`til va o`qishdan bo`sh paytlarida daromad olishlari ko`zda tutilgan.






