AsosiyJamiyat

14 iyundan qo`shimcha tezyurar “Sharq” poezdining har kunlik qatnovi yo`lga qo`yiladi

'14 iyundan qo`shimcha tezyurar “Sharq” poezdining har kunlik qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yo`lovchilarga transport xizmatlarini yanada ko`paytirish hamda ularning uzog`ini yaqin qilish maqsadida 2021 yil 14 iyundan "Toshkent – Buxoro –Toshkent" yo`nalishida 12/11-sonli qo`shimcha tezyurar “Sharq” poezdlarining har kunlik qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ ma`lum qildi.

Harakat jadvaliga  ko`ra, Toshkent – Buxoro yo`nalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 12-sonli  qo`shimcha tezyurar “Sharq” poezdi 14 iyun kuni soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan, Buxoro – Toshkent yo`nalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 11-sonli  qo`shimcha tezyurar “Sharq” poezdi  esa 15 iyun kuni soat 05:10 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Bugungi kunda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 10/09-sonli tezyurar “Sharq” poezdlarining harakat jadvali o`zgarmaydi.

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar