Bugun, 8 iyun kuni taxminan soat 01:09 da Buxoro viloyati Kogon tumani “Sarayon” MFY hududida joylashgan “Buxoro parranda” h.j da yong`in kelib chiqqan.
Natijada, ushbu maskanning 500 kv m ochiq maydonida 600 dona beda-press hamda em xashaklar yong`indan zarar ko`rgan.
Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv guruhi 1:20 da etib borib, 1:40da o`rab olingan. Qutqaruvchilarning sa`y-harakati tufayli yong`in soat 03:55da to`liq bartaraf etildi. Shuningdek, em-xashak saqlash binosining 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hodisada halok bo`lgan va jabrlanganlar aniqlanmagan.






