Joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:30 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani hududidan o`tgan M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo`lining 828-kilometrida, haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan K.B. "Maz-516" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil ag`darilgan.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, ag`darilish natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
️Avtomobilni yo`ldan olish choralari ko`rilib, mazkur YTH yuzasidan Yangiyo`l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






