AsosiyJamiyat

Mirishkorlik bir guruh yoshlarga moddiy yordam va kontrakt pullari hokim tomonidan ajratib berildi

'Mirishkorlik bir guruh yoshlarga moddiy yordam va kontrakt pullari hokim tomonidan ajratib berildi'ning rasmi

   Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanaevning qabuliga kelgan Shirin mahallasida yashovchi S. Shukurova va Zafar mahallasida yashovchi G`. Qo`chqorovning ta`lim kontrakti uchun hokim tashabbusi bilan 2,8 mln so`mdan jami 5,7 mln so`m ajratildi.   

Shuningdek, Bahoriston mahallasida yashovchi B. Otaboev, R. Himmatov hamda Chandir qishlog`ida yashovchi K. Chorievlarga 980 ming so`mdan «Yoshlar jamg`armasi» hisobidan moddiy yordam pullari ajratildi.

Davlat rahbarining O`zbekiston yoshlari forumida «Sizlarni O`zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman» deya, ta`kidlashi yoshlarga nisbatan qaratilayotgan e`tiborni anglatadi. Tumanimiz yoshlari uchun ham barcha sharoitlarni yaratish, ko`maklashish, Prezident islohotlarining samarasi tumanimizdagi har bir yoshning qalbida aks etishi biz rahbarlarning oldimizda turgan ulkan mas`uliyatdir, dedi Sh. Sanaev

Avvalroq, Mirishkor tuman hokimi qabuliga kelgan fuqaroning operasiyasi uchun  7,9 mln so`m hamda yana bir fuqaroning kontrakt to`lovi uchun 6,3 mln so`m mablag` ajratilgan edi.

Boshqa yangiliklar