Joriy yilning 14-18 iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining «TadBeer – Alreaya Typing Service» kompaniyasi vakillari tomonidan ushbu davlatda uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik sohalarida ishlash uchun fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o`tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi xabar berdi.
Xabarga ko`ra, fuqarolardan quyidagilar talab etiladi:
25-48 yosh oralig`ida bo`lishi;
Uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli bo`lishi;
Arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas);
Barcha xarajatlar, xususan aviachipta, turar joy, 3 mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Oylik ish haqi 400 AQSh dollari miqdorida.
Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan mazkur tanlovda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`raladi.
Tanlov ish beruvchining talabi asosida barcha viloyat fuqarolari uchun Agentlikning viloyatlardagi filiallarida o`tkaziladi.






