4 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda Zangiota tumani «Tarnov» mahallasi hududida joylashgan qurilish mollari do`konidan noma`lum shaxs (qiymati 4 mln so`m bo`lgan) bir o`ram elektr simini o`g`irlanganligi haqida tezkor ma`lumot olinadi.
Gumonlangan shaxs «Mevazor» mahallasi hududidagi makkajo`xori dalasiga yashirinayotgan vaqtda, ushbu mahalla hududida xizmat o`tayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari safdor Jalol Ne`matov va safdor Otabek Otajonov tomonidan o`g`irlik sodir bo`lgan vaqtdan 5 daqiqa o`tib qo`lga olinadi va qonuniy chora ko`rish uchun tuman IIB olib boriladi.






