AsosiyJinoyat

Buxoroda tanishlari orqali ishga qiritishni va`da qilib 10.000 AQSh dollar talab qilgan jinoiy guruh qo`lga tushdi

'Buxoroda tanishlari orqali ishga qiritishni va`da qilib 10.000 AQSh dollar talab qilgan jinoiy guruh qo`lga tushdi'ning rasmi

Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Kulonchi mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan G`.S. ismli shaxs  sherigi Toshkent shahri, Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 1965 yilda tug`ilgan M.X. bilan bir guruh bo`lib jinoiy ish sodir etgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra ular oldindan jinoiy til biriktirib, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qo`ng`irot tumanida yashovchi, S.M.ning mulkini aldash va uning ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, 4 nafar qarindoshlarini “Enter engineering” kompaniyasining “Uz.JTL” tarmog`ida mansabdorlik lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilib, S.M. dan har bir qarindoshi uchun 2.500 AQSh dollaridan, jami 10.000 AQSh dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishga dalolat qilib, ushbu pullardan 90.000.000 so`mni Buxoro shahrining G`ijduvon ko`chasidan o`tuvchi yo`l yoqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birgalikda qo`lga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan G`.S. va M.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar