AsosiyJinoyat

Marg`ilonda tabiiy gaz tarmog`ini o`tkazib berish maqsadida aholidan yig`ilgan pullarni o`zlashtirib ketgan firibgarlar aniqlandi

'Marg`ilonda tabiiy gaz tarmog`ini o`tkazib berish maqsadida aholidan yig`ilgan pullarni o`zlashtirib ketgan firibgarlar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.X. “Marg`ilonshahargaz” filiali xodimlari A.V. va Sh.A. bilan oldindan til biriktirib, 2020 yil noyabr oyida shahardagi Ipak yo`li MFYda yangi gaz tarmog`iga ulatib berishni va`da qilib, aholidan jami 5000 AQSh dollari miqdorida yig`ib olishib, shu kunga qadar gaz tarmog`iga ulamasdan, pulni qaytarmasdan kelayotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar