AsosiyJamiyat

Yil boshidan buyon Qishloq xo`jaligi vazirligiga er masalasida yo`llangan 267 ta murojaatning 251 tasida er ajratishdagi norozilik aks etgan

'Yil boshidan buyon Qishloq xo`jaligi vazirligiga er masalasida yo`llangan 267 ta murojaatning 251 tasida er ajratishdagi norozilik aks etgan'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqot o`tkazilmoqda. 

Sir emaski, bugungi kunda, er ajratish sohasida juda ko`p qonun buzilishi holatlari mavjud.

Ochiq muloqotda ma`lum qilinishicha, yil boshidan buyon Qishloq xo`jaligi vazirligiga er munosabatlari doirasida yo`llangan 267 ta murojaatning 251 tasida yoki 94 foizida aynan er ajratish masalasi yuzasidan norozilik bayon etilgan.

Joylarda mahalliy hokimliklarning er ajratish va erlarni olib qo`yish bo`yicha qarorlari yuzasidan juda ko`p holatlarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noroziliklar kelib chiqmoqda.

Shu sababdan, Prezidentning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bilan mahalliy hokimliklarning er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratish, er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni belgilash, o`zgartirish, bekor qilish, qishloq xo`jaligi erlarini boshqa er toifasiga o`tkazish kabi vakolatlarining bekor qilinishi halqimiz kutgan eng oqilona qaror desam mubolag`a bo`lmaydi.

Aynan, mahalliy hokimliklraning yuqorida sanab o`tilgan vakolatlarining bekor qilinishi er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash hamda erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilishda muhum ahamiyat kasb etadi.

Qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to`liq bekor qilinib, davlat hokimiyati organlari tomonidan er uchastkalarini to`g`ridan-to`g`ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanmoqda.  

Mamlaktimizda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda dehqon xo`jaliklari yuqori salohiyatga ega, shu jumladan kooperasiya usulida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali aynan dehqon xo`jaliklarida xalqaro standartlarga muvofiq organik (ekologik toza) mahsulotlar etishtirish imkoniyati juda yuqori. Jumladan, 2020 yilda etishtirilgan deqonchilik mahsulotlarining 44,1 foizi va chorvachilik mahsulotlarining 91,4 foiz mahsulot etishtirish dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari ulushiga to`g`ri kelgan. Shu sababdan ham qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda dehqon xo`jaliklari ulushini oshirish bo`yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish zarurligi belgilangan.

Ushbu Farmon rasman e`lon qilingan kundan boshlab ya`ni joriy yilning 8 iyun sanasidan boshlab, O`zbekiston Respublikasi Er kodeksiga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratish qat`iyan to`xtatildi.

1995 - 2020 yillar davomida Ekin erlarining o`zgarishi tahlil qilinganda, har 5 yilda ekin erlar maydoni 19,3 ming gektarga kamayishi kuzatilgan.

Shu sababdan ham, Farmon bilan Er to`g`risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi tashkil etilib, unga ishchi organi sifatida Bosh prokuratura va o`rinbosari etib Bosh vazir o`rinbosari belgilandi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari sifatida qonunchilik hujjatlarini qo`llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, eng avvalo qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarni muhofaza qilish bo`yicha majburiyatlar yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar