3 iyun kuni Rishton tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda Bo`jay mahallasi hududida yashovchi M.A.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, tomorqasida 110 tup ko`knor va 18 tup “kannabis” giyohvandlik o`simliklarini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va etishtirmang. Ularni ekish va etishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.






