3 iyun kuni Kattqo`rg`on tumanining "Qo`shxovuz-Payshanba" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan mototransport vositasiga viloyat IIB YHXB 4-otryadi inspektorlari to`xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi YPX xodimlarining ishorasiga bo`ysunmay, harakatini davom ettirgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xodimlar haydovchini to`xtatib, tegishli hujjatlarni so`raganda, haydovchi hujjatlari yo`qligini aytgan. Tegishli hujjatlari yo`qligi sababli mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketilayotgan vaqtda, mahalladoshlari yo`lni to`sgan.
Haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik ko`rsatib, xodimning tunda yorituvchi nimchasini yirtib tashlagan. YPX inspektorlari fuqaroga nisbatan "Ichki ishlar organlari to`g`risida"gi Qonunning 22-moddasiga asosan, qo`lga olishgan.
Fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 135,194, 195-moddalari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan to`plangan hujjatlarni Jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tuman sudiga yuborish choralari ko`rilmoqda.






