AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkiyadan keluvchilar uchun o`rnatilgan bir qancha karantin cheklovlarini bekor qildi

'O`zbekiston Turkiyadan keluvchilar uchun o`rnatilgan bir qancha karantin cheklovlarini bekor qildi'ning rasmi

Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashayotganligini inobatga olib o`rnatilgan bir qancha cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

O`zbekiston Respublikasiga kelish uchun aviaqatnovga ro`yxatdan o`tishdan oldin so`ngi 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko`rsatkichga ega deb topilgan ma`lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.
Koronavirus bilan bog`liq vaziyat barqarorlashgani sabab quyidagilar qayta tiklanadi:

1. Istanbul shahridan Farg`ona, Urganch va Samarqand shaharlari o`rtasida aviaqatnovlar 2021 yil 3 iyundan boshlab bosqichma bosqich  tiklanadi;

2. Turkiyaga turistik sayyoxlar uchun mo`ljallangan charter aviaqatnovlar joriy yilning 5 iyunidan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

3. Toshkent-Istanbul yo`nalishidagi aviaqatnovlar talab va vaziyatdan kelib chiqib joriy yilning 10 iyundan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

4. So`ngi 14 kun davomida Turkiyada bo`lgan va ushbu mamlakat orqali O`zbekistonga kirib kelayotgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari va doimiy yashaydigan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni uy yoki mehmonxonada karantinda bo`lishlari tartibi  bekor qilindi.                        

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar