AsosiyJinoyat

Namanganda 18 va 19 yoshli yigitlar qarovsiz qoldirilgan qoramolni o`g`irlab ketishdi

'Namanganda 18 va 19 yoshli yigitlar qarovsiz qoldirilgan qoramolni o`g`irlab ketishdi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining xabar qilishicha, shu yilning 4 iyun kuni Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o`tar kechasi noma`lum shaxs, Yangiqo`rg`on tumani Qorayontoq mahallasi hududida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 15.000.000 so`mlik bir bosh molini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, tumanda yashovchi 2003 yil va 2001 yilda tug`ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar