O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali rasmiy kanalida Farg`ona, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi vakant lavozimlar uchun ham tanlov e`lon qilindi.
Farg`ona viloyatidagi taklif etilayotgan vakant lavozimlar:
— Dang`ara tumani hokimining qishloq va suv ho`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari kompleksi bosh mutaxassisi;
— Dang`ara tumani hokimligi hisobxona bo`limi bosh hisobchisi;
— Dang`ara tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi etakchi mutaxassisi.
Hujjatlar 2021 yil 14 iyundan 23 iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Samarqand viloyatidagi taklif etilayotgan vakant lavozimlar:
Samarqand viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi:
— Bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari - Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`limi boshlig`i;
— Payariq tumani hokimligi moliya bo`limi - Mudir birinchi o`rinbosari - bo`lim boshlig`i.
Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi:
— Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo`limi-Bosh mutaxassisi;
— Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i.
Pastdarg`om tumani hokimligi:
— Tuman hokimligining Qishloq va suv xo`jaligi bo`limi - Bosh mutaxassisi.
Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi:
— Kattaqo`rg`on tumani irrigasiya bo`limi Suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo`yicha bosh mutaxassis.
Hujjatlar 2021 yil 14 iyundan 23 iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Navoiy viloyatidagi taklif etilayotgan vakant lavozimlar:
Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasida:
— Soliq auditi sho``basi davlat soliq katta inspektori;
— Resurs soliqlari ma`muriyatchiligi bo`limi davlat soliq bosh inspektori.
Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasi tizimida:
— Konimex tumani xalq ta`limi bo`limi mudir o`rinbosari;
— Konimex tumani xalq ta`limi bo`limi kadrlar bo`yicha inspektor-metodist;
— Navbahor tumani xalq ta`limi bo`limi kadrlar bo`yicha inspektor-metodist;
— G`ozg`on shahar halq ta`limi bo`limi kadrlar bo`yicha inspektor-metodist;
— G`ozg`on shahar halq ta`limi bo`limi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`yicha mutaxassisi.
Hujjatlar 2021 yil 13 iyundan 22 iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Biroz avval Toshkent shahridagi bo`sh ish o`rinlari ro`yxati e`lon qilingan edi.