AsosiyJinoyat

Buxoroda bir guruh talabalar telekommunikasiya tarmog`idan noqonuniy foydalangani aniqlandi

'Buxoroda bir guruh talabalar telekommunikasiya tarmog`idan noqonuniy foydalangani aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tadbiri davomida Buxoroda telekommunikasiya tarmog`idan qonunga xilof ravishda foydalanish jinoyati fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Buxoro Tibbiyot instituti talabasi G`ijduvon tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan N.N., mahalladoshi Buxoro davlat universiteti talabasi, 2001 yilda tug`ilgan A.E. va uning kursdoshi G`ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan H.F. lar bilan bir guruh bo`lib, oldindan jinoiy til biriktirgan.

Ular noqonuniy daromad olish maqsadida o`zlari vaqtinchalik istiqomat qilib kelgan Buxoro shahar Piridastgir ko`chasidagi ijara uyida o`zlariga tegishli bo`lgan “Redmi 6A” rusumli, “Redmi Note 9” rusumli, “Samsung A11” rusumli uyali aloqa vositalari xotirasiga xalqaro trafiklarni noqonuniy o`tkazish uchun foydalaniladigan “SimCash” dasturini o`rnatgan holda, xalqaro trafikni o`tkazish maqsadini ko`zlab telekommunikasiya tarmog`idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish va ularning faoliyat ko`rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoyatini sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.N., A.E. va H.F. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2787-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar