AsosiyJinoyat

Serjantlar tayyorlash maktabiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Serjantlar tayyorlash maktabiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro A.N. va D.N.lar oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o`qishga kiritib qo`yish masalasini 12 000 AQSh dollariga hal qilib berishga kelishib, shundan 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar