Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltiariq tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.M. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 2500 AQSh dollari evaziga o`zining tanishlari orqali Oliy o`quv yurtini tamomlaganligi to`g`risida diplom tayyorlatib berish hamda uni ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan holda, undan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






