AsosiyJinoyat

Uychi tumanida fuqarolarga imtiyozli kredit olib bermoqchi bo`lgan "ishbilarmon" qo`lga olindi

'Uychi tumanida fuqarolarga imtiyozli kredit olib bermoqchi bo`lgan "ishbilarmon" qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Uychi tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro Z.O. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 10 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar