Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`qon shahar bo`limi tomonidan ChEKI “Hamkorbank” ATBning murojaati hamda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, bankning Qo`qon filiali sobiq minibank menejeri Z.Q. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, aslida 620 mln so`m kredit ajratishni so`rab murojaat qilgan 2 nafar mijozga 770 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, ortiqcha ajratilgan 150 mln so`mni o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborib, firibgarlik yo`li bilan bank manfaatlariga zarar etkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






