AsosiyJinoyat

Namanganda o`g`irlangan mashina PPX xodimlari tomonidan topildi

'Namanganda o`g`irlangan mashina PPX xodimlari tomonidan topildi'ning rasmi

Namanganda fuqaro ariza bilan murojaat qilib, ishonch qog`ozi bilan boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasini Namangan shahar hududidan oqib o`tgan “Shimoliy Farg`ona kanali” bo`yida kalitini o`zida va oynalari ochiq holatda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma`lum shaxs, avtomashinasini olib qochib ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat IIB tomonidan viloyat hududida “To`sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari M.Abduraxmonov, M.Raxmonqulov, O.Sharifboev va U.Saidazimovlar tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o`quvchisi, 2006 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etib, Namangan shahar Chortoq yo`li ko`chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 iyun kuni Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar