AsosiyJinoyat

“Sergeli” blok-postidan kuchli ta`sir qiluvchi moddalar olib kirmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi

'“Sergeli” blok-postidan kuchli ta`sir qiluvchi moddalar olib kirmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

16 iyun kuni taxminan soat 04.30 da Yangihayot tumanidagi “Sergeli” blok-postida Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtga kirmoqchi bo`lgan “Matiz” avtomobilini to`xtatishdi.

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, tekshiruv davomida transport vositasi yo`lovchisi – Samarqand viloyatilik 1998 yilda tug`ilgan Nurbek T.ning yukidan ikkita polietilen paketga o`ralgan 600 flakon “Tropikamid” hamda 1 118 ta tabletka “Regapen” dorisi topilib, xolislar guvohligida olib qo`yildi.

Prosessual tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, fuqaro Yangihayot tumani IIO FMBga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar