AsosiyJinoyat

Samarqandda 18 yoshli fuqaro Asal Shodieva nomidan soxta "giveaway" o`tkazib bir qancha pullarni o`zlashtirdi

'Samarqandda 18 yoshli fuqaro Asal Shodieva nomidan soxta "giveaway" o`tkazib bir qancha pullarni o`zlashtirdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. joriy yilning 15 mart kuni Nukus shahar ichki ishlar bo`limiga kiberjinoyat ishi yuzasidan murojaat qilgan. IIV Kiberxavfsizlik markazi jinoyat tavsilotlari bilan bo`lishdi.

 Xabarga ko`ra, 14 mart kuni qizi N.R.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi profiliga “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” nomi bilan ochilgan noma`lum profil egasi tomonidan “Siz 200 000 so`m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelganligi, profil ortidagi noma`lum shaxs bilan yozishma jarayonida, uning aldovlariga ishonib o`ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib berganligi, so`ng shu kuni soat 21.00larda bank kartasida mavjud bo`lgan jami 600.000 so`m miqdordagi puli yo`qolganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlandi.

Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar