AsosiyJinoyat

Zangiotada fermer xo`jaligi tomonidan unumdor er maydoniga o`zboshimchalik bilan inshoot qurilayotganligi aniqlandi

'Zangiotada fermer xo`jaligi tomonidan unumdor er maydoniga o`zboshimchalik bilan inshoot qurilayotganligi aniqlandi'ning rasmi

Zangiota tumanida fermer xo`jaligi tomonidan unumdor er maydoniga o`zboshimchalik bilan bino-inshoot qurilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lumot berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” fermer xo`jaligi rahbari M.M. va boshqalar 0,30 gektar unumdor er maydoniga bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari bo`lmasada, o`zboshimchalik bilan ushbu hududda qurilish ishlarini amalga oshirganligi natijasida er maydonining qishloq xo`jaligi oborotidan chiqishiga yo`l qo`yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 280 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) va 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar