AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda IIBga yolg`on axborot bergan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Qoraqalpog`istonda IIBga yolg`on axborot bergan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIVning ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 7 iyun kuni To`rtko`l tumanida yashovchi fuqaro O.S. ichki ishlar organlariga shikoyat bilan murojaat qilib, To`rtko`l tumani Bog`yop kanal yoqasida uning hamyoni va ichida bo`lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so`m pullari noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlab ketilganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan To`rtko`l tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyat sodir etishi mumkin bo`lgan shaxslarni aniqlash ishlari avj olgan.

Surishtiruv jarayonida jabrlanuvchining ko`rsatmalari va tezkor-tergov tadbirlari jarayonida olingan ma`lumotlarda jiddiy tafovutlar mavjudligi sababli, fuqaro O.S.ning hayot tarzi o`rganilib, uni o`g`irlik haqida yolg`on ko`rsatmalar berganligi yuzaga chiqqan.

Keltirilgan dalil va isbotlarning ta`siri ostida fuqaro O.S. jinoyat haqida yolg`on ma`lumot berganligini tan olib, joriy yilning may-iyun oylari davomida o`ziga tegishli bo`lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so`m pullarini qimor va tavakkalchilikka asoslangan “1Xvet” bukmeykerlik o`yiniga tikib yutqizib qo`yganligini bayon qilgan.

Hozirda fuqaro O.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi (yolg`on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar