Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorao`zak tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda korrupsion harakat fosh etildi. Bu haqda Departamentning Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti R.N. fuqaro N.ni ushbu universitetning Arxitektura fakultetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 25 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






