Buxoro viloyati Buxoro shahrida 5 iyun kuni soat 12:30 larda, noma`lum shaxs 1963 yilda tug`ilgan E.O. ga tegishli bo`lgan, Mustaqillik ko`chasida eshiklari ochiq holda, qarovsiz qoldirib ketilgan «Isuzu» rusumli avtomashina salonidan, bahosi 1.500.000 so`mlik “Redmi 5 plus” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o`g`irlab ketgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, kechiktirib bo`lmas tergov hamda surishtiruv harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, 1979 yilda tug`ilgan G.F. ismli shu ko`chada istiqomat qiluvchi shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






