Andijonda oilaviy janjal bir kishining o`lmi bilan yakun topdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, shu yilning 18 iyun kuni soat 18:20 larda, Andijon shahri, Navro`z MFYda yashovchi fuqaro X.M yashash uyida o`zining kelinopasi X.G bilan o`zaro oilaviy masalada janjallashib, xo`jalik pichog`i bilan uning ko`krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati etkazgan. Buning oqibatida ayol vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan shu O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






