AsosiyJinoyat

Rishton tumanida kelin qaynonani tillalarini o`g`irladi

'Rishton tumanida kelin qaynonani tillalarini o`g`irladi'ning rasmi

13 iyun kuni Ar-Roshidoniy MFY hududida yashovchi S.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 12 iyun kuni noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda qirib, mehmonxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo`li bilan ochganini ma`lum qildi. Uyga kirganda narhi 4.200.000 so`mlik ikki dona tilla sirg`alari, narhi 3.600.000 so`mlik bir dona tilla zanjir, narhi 2.000.000 so`mlik bir dona tilla uzuklarini yashirin ravishda o`g`irlab ketgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi S.D. ismli ayolning birga yashovchi kelini K.X. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga qayta malakalangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o`z mol-mulkingiz pul mablag`laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o`g`irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo`shgan bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar