Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.B. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga hokimiyat zaxirasida turgan 12 sotix bo`sh er maydonini tanishlari orqali uy-joy qurish uchun olib berishni va`da qilib, evaziga 70 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






