AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 12,5 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda — Savdo-sanoat palatasi

'O`zbekistonda 12,5 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda — Savdo-sanoat palatasi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 23 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusida “Ochiq muloqot”  bo`lib o`tdi.

Unda qayd etilishicha, Savdo-sanoat palatasi tashqi iqtisodiy maydonlarda ham istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yo`lida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan xorijiy mamlakatlar Palatalari bilan 18 ta memorandum va tashkilotlar bilan 71 ta hamkorlik bitimlari tuzildi.

Ushbu kelishuvlar asosida 250 ta biznes-forum, ko`rgazma va yarmarkalar tashkil qilindi. Shundan, 116 tasi aynan xorijiy mamlakatlarda tashkillashtirildi. Natijada, 600 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlarining 550 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlarini eksport qilinishiga erishildi. Erishilgan kelishuvlar natijasida bugungi kunda mamlakatimizda 12,5 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning 600 tasi Palata ko`magida tashkil etilib, 847 mln. dollar chet el investisiyalari jalb etildi.

    Boshqa yangiliklar